%J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 1 (2024): "Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun" XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA; 71-73 %L arxiv519 %T MAROQLI BIR BAYTDA SHOIR SAN’ATKORLIGI %I Hamkor konferensiyalar %A Vahob Rahmon %A Erkin Rahmonov %D 2024 %X Mumtoz adabiyot kitobxonligi XIV-XIX asrlarda qanaqa edi-yu, hozir qanaqa? – deb savol qo‘yadigan bo‘lsa, “ozgina” farqlariga ishora qilishga to‘g‘ri keladi. Navoiy davridan Furqat zamonigacha amal qilgan navoiyxonlik, mashrabxonlik, bedilxonliklarda kitobxon diqqati avvalo harfga qaratilgan. Buning isbotini “Hayratul-abror”ning dastlabki boblaridan aniq kuzatish mumkin. Shuning uchun u paytlarda yetti yoshdan yetmish yoshgacha odamlar muammo aytish va uni yechish bilan shug‘ullangan. Natijada ishtiqoq, musahhaf, qalb, muvashshah, istixroj, kitobat kabi harfiy badiiy san’atlar turkumi faol muhokamada bo‘lgan. So‘ngra so‘zga asosiy diqqat qaratilgan. So‘z ko‘pma’noliligi haqida iyhom, lutf, tajnis, ittifoq, jazolat, salosat, husni matla’, zulvajhayn, muxtamiluz-ziddayn, tamsil, tanosub, irsoli masal, ta’bir singari o‘nlab, va so‘z takrorlari xususida takrir, mukarrar, qaytariq, tasbe, tasdir, hashv, tardi aks, tashtir, iltizom, aks, tarse’, tadrij, tashobehul-atrof, hojib kabi yuzdan (!) ortiq badiiy san’atlar kashf etilgan. Obrazlilik yaratuvchi badiiy san’atlar: tashbeh, istiora, laf va nashr, talmeh, tashxis singari o‘nlab, ta’sirchanlik yaratuvchi unsurlardan ham tafre’, ruju’, tajohuli orifona, istifhom, husni ta’lil, mubolag‘a, nido singari o‘nlab san’atlar o‘rganilgan.