%0 Journal Article %A Ibragimov, Jasurbek %D 2026 %F arxiv:5171 %I Conferences %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 364-368 %K epitet; epik qahramon; poetik funksiya; qiyosiy tahlil; “Alpomish”; “Beowulf”; epik tasvir; badiiy vosita; xalq eposi %T EPIK QAHRAMON TASVIRIDA EPITETLARNING POETIK FUNKSIYASI: QIYOSIY TAHLIL (“BEOWULF” VA “ALPOMISH”) %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5171/ %X Mazkur maqolada epik qahramon tasvirida epitetlarning poetik funksiyasi qiyosiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining nodir namunasi – “Alpomish” dostoni hamda ingliz epik merosining qadimiy yodgorligi – “Beowulf”dostoni tanlab olingan. Maqolada epitet tushunchasining nazariy asoslari B.V.Tomashevskiy, A.N.Veselovskiy, A.A.Potebnya kabi olimlarning qarashlari asosida yoritiladi. Qiyosiy tahlil jarayonida “Alpomish” dostonida epitetlar qahramonning ijtimoiy kelib chiqishi, axloqiy fazilatlari va milliy qadriyatlari bilan bog‘liq jihatlarni ochib berishi aniqlanadi. “Beowulf” dostonida esa epitetlar asosan jangovar qudrat, qahramonlik va epik ulug‘vorlikni ifodalashga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, salbiy obrazlar tasvirida epitetlarning vahshiylik, shafqatsizlik va makkorlikni kuchaytiruvchi vosita sifatidagi roli ochib beriladi. Tadqiqot natijasida epitetlarninghar ikki eposda qahramon obrazini ideallashtirish va xalqning tarixiy-madaniy qarashlarini aks ettirishdagi universal poetik vosita ekani asoslanadi.