%T AN’ANA VA VORISIYLIK DIALEKTIKASI %X Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyotidagi an’ana va vorisiylik muammosi akademik Toʻra Mirzayevning «Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar» nomli memuar-ilmiy asari asosida falsafiy va bilish nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Maqolada ilmiy maktablarningshakllanishi, ustoz va shogird munosabatlaridagi ma’naviy mas’uliyat, ilmiy bilimni omonat sifatida asrab-avaylash falsafasi, «koʻrinmas mehnat»ning ilmiy ahamiyati, shuningdek, oʻzbek folklorshunosligining jahon ilm-fani bilan integrasiyasi kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqot natijasida ilmiy vorisiylik faqatgina bilim va nazariyalar uzatilishi emas, balki axloqiy mardonavorlik, ilmiy vijdon va fidoyilik mahsuli ekanligi asoslab berilgan. %I Conferences %A Munisjon Hakimov %D 2026 %K ilmiy vorisiylik; an’ana; oʻzbek folklorshunosligi; ilmiy maktab; ustoz va shogird; ilmiy axloq; ma’naviy mas’uliyat; ilmiy xotira; Toʻra Mirzayev %L arxiv5127 %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 135-141