%0 Journal Article %A Rahmatov, Yo‘ldosh %D 2026 %F arxiv:5122 %I Conferences %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 118-124 %K xalq qissalari; xalq kitoblari; qissaxon; rivoyat; afsona; jangnoma; diniy rivoyatlar; folklor; sintez; ixtisoslik; kompozitsiya; badiiylik; lokallik; ariallik %T AKADEMIK TO‘RA MIRZAYEV O‘ZBEK XALQ QISSALARI HAQIDA %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5122/ %X O‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim bir qismini xalq qissalari tashkil etadi. Xalq qissalari bevosita xalq eposshunosligi bilan yonma-yon ravishda rivojlanib, uning shakllanishida tarixiy-afsonaviy rivoyatlar, hayotiy-maishiy hikoyalar, diniy-axloqiy qarashlar aksetgan asarlar sabab bo‘lgan. Xalq qissalarining ijrochilari qissaxonlar deb yuritilib, ular xalq dostonlarini qayta ishlangan nusxalarini, qiziqarli tarjima diniy hikoyalarni, mumtoz adabiyot asarlarining folklorlashtirilgan namunalarini , turli xildagi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq jangnomalarni xalq didi va estetikasiga moslab ijro etishgan. Akademik To‘ra Mirzayev xalq og‘zaki ijodining ulug‘ bilmdoni sifatida xalq qissalariga ham alohida e’tibor qaratgan. Binobarin, olimning “Xalq baxshilarining epik repertuari” ilmiy risolasida xalq qissalari ularning ijrochilari va janr xususiyati haqida qimmatli ma’lumotlar berib, xalq qissalarini o‘rganish o‘zbek folklorshunosligi uchun hali ochilmagan qo‘riq ekanligini ta’kidlagan.