<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>KADASTR VA YER HISOBI TIZIMIDA GIS TEXNOLOGIYALARINING  QO‘LLANILISHI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Hojiakbar Botirjon oʻgʻli,</mods:namePart><mods:namePart type="family">Rustamov</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>&amp;nbsp;Ushbu maqolada kadastr va yer hisobi tizimida geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalarining qo„llanilishining nazariy asoslari, amaliy jihatlari va istiqbolli yo„nalishlari tahlil qilingan. O„zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishida bo„lgan yer uchastkalarini elektron hisobga olish, davlat kadastrlarini raqamlashtirish hamda milliy geoaxborot tizimini shakllantirish jarayonlarida GIS texnologiyalarining ahamiyati ko„rib chiqilgan. Sun'iy yo„ldosh ma'lumotlari, uchuvchisiz uchish&amp;nbsp;apparatlari va zamonaviy dasturiy ta'minot vositalaridan foydalanish orqali yer resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish yo„llari taklif etilgan. Bugungi kunda yer resurslarini yaxshi boshqarish har bir davlat uchun juda muhim. Yer kadastri — bu yer maydonlari haqida aniq, to„liq va yangilangan ma‟lumotlarni yig„ib, saqlash va boshqarish tizimi. Bu tizim orqali yerlarni oqilona va samarali foydalanish mumkin bo„ladi. So„nggi yillarda raqamli texnologiyalar kadastr ishlarini ancha osonlashtirdi. Masalan, ma‟lumotlarni tez yangilash, joylashuvni aniq belgilash va ularni tahlil qilish imkoniyatlari kengaydi. O„zbekiston Respublikasi qonunlari ham raqamli&amp;nbsp;texnologiyalarni yer kadastrida qo„llash zarurligini ta‟kidlaydi. Masalan, 2022-yilda qabul qilingan “Raqamli iqtisodiyot to„g„risida”gi qonunda davlat ishlarida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng qo„llash muhimligi aytilgan. Shuning uchun, raqamli texnologiyalar yordamida yer kadastrini yuritishning yangi usullarini o„rganish va ularni amalda qo„llash juda muhimdir.&amp;nbsp;</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2026-04-15</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Conferences</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>