%K Amudaryo; oqim,; suv ombor; qirg‘oqni himoya qilish,; dambalar,; inshootlar,; qirg‘oq. %J Conferences; Vol. 2 No. 3 (2026): ARALBOYÍ AYMAǴÍNDA KLIMAT ÓZGERIWI HÁM SUW JETISPEWSHILIGI SHARAYATÍNDA AWÍL XOJALÍǴÍN RAWAJLANDÍRÍWDÍŃ INNOVACÍYALÍQ TEXNIKA HÁM TEXNOLOGIYALARÍ atamasındaǵı xalıqaralıq ilimiy hám ilimiy texnikal %T QIRG‘OQ HIMOYA DAMBALARINING HOLATINI TAHLIL QILISH (AMUDARYO, URGANCH UCHASTKASI) %I Conferences %A Masharif, Bakiev %A Otaboy Kuryozov %A Quvonch, Yakubov %A Ilyas, Asamatdinov %X Markaziy Osiyoning yirik daryolaridan biri bo‘lgan Amudaryoda 7,8 mlrd m³ hajmga ega Tuyamo‘yin suv omborining qurilishi daryo oqimini tartibga solish, sug‘orish va energetika ehtiyojlarini ta’minlash hamda toshqin xavfini kamaytirishga xizmat qildi. Shu munosabat bilan 1981-yilda SANIIRI ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Amudaryoning quyi oqimida 185 km uzunlikdagi uchastkada o‘zan yo‘nalishini tartibga solish bo‘yicha reja-sxema ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha doirasida qirg‘oqni himoya qilish uchun ko‘ndalang dambalar qurilgan. Maqolada Amudaryoning Urganch uchastkasida chap qirg‘oqni himoya qiluvchi 73 ta himoya dambalari va ko‘ndalang dambalarning texnik holati dala kuzatuvlari, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari hamda vizual tahlillar asosida baholangan. Natijada inshootlar uch guruhga ajratildi: cho‘kindi bilan to‘lib, yangi toshqin tekisliklari hosil qilgan dambalar; qisman yuvilgan bo‘lsa-da ishlayotgan, ta’mirlash talab etiladigan dambalar; hamda yaqinda qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan va hozirda to‘liq ishlayotgan dambalar. Tadqiqot natijalari Orolbo‘yi hududida iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida daryo qirg‘oqlarini barqaror himoya qilish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini saqlash uchun muhim ahamiyatga ega.  %L arxiv4986 %D 2026