%L arxiv4956 %A Abdurrahman Güzel %A Ali Fuat Bilkan %J Conferences; Vol. 2 No. 1 (2026): Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ; 305-315 %T ALISHER NAVOIY “YUSUF VA ZULAYHO” ASARINI YOZGANMI? %D 2026 %K “Yusuf va Zulayho”, Alisher Navoiy, Hamidiy, Durbek, Ahmadiy. %I Conferences %X Hozirgacha turli kutubxonalarda besh nusxasi aniqlangan, chig‘atoy tilida yozilgan “Yusuf va Zulayho” masnaviysining Hindistonning Haydarobod shahridagi Salarjung muzeyi kutubxonasida aniqlangan yangi nusxasi, ham zahriya qismidagi, ham istinsax (ko‘chirish) qaydidagi ifodalarga ko‘ra, Alisher Navoiyga mansub deb ko‘rsatilgan. Mazkur holat ilgari Hamidiy, Durbek va Ahmad(Ahmadiy) kabi shoirlarga nisbat berilib kelgan ushbu asarning asl muallifi kimligi masalasiga yangi ilmiy yondashuv olib kiradi. Parij, Berlin, Toshkent va Istanbul kabi turli hududlardagi kutubxonalarda qo‘lyozmalari mavjud bo‘lgan ushbu asarning Alisher Navoiy nomi bilan qayd etilgan Haydarobod nusxasi, chig‘atoy tilidagi “Yusuf va Zulayho” masnaviyining hali aniqlanmagan boshqa nusxalari ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.