<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>TURK YOZMA ADABIY TILINING TARIXIY RIVOJIDA ALISHER  NAVOIYNING O‘RNI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Ayman</mods:namePart><mods:namePart type="family">Aqynbekova Usenbayevna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>XV asrda Markaziy Osiyoning adabiy va ilmiy muhitida fors tili hukmron bo‘lgan sharoitda Alisher Navoiy turkiy tilning badiiy va funksional imkoniyatlarini asoslab berib, uni to‘laqonli adabiy til darajasiga ko‘targan buyuk mutafakkir va shoir sifatida tanilgan. Mazkur maqolada Alisher Navoiyning hayot yo‘li, Samarqand shahridagi madrasalarda olgan ta’limi, o‘sha davrdagi intellektual muhit bilan aloqalari, bolalik davridan poeziyaga bo‘lgan qiziqishi, shuningdek, fors va turkiy tillarda ijod qilgan ko‘p qirrali faoliyati ilmiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Bundan tashqari, uning badiiy merosining o‘z davrida turkiy tilli xalqlarning madaniyati va adabiyoti rivojiga ko‘rsatgan ta’siri, turkiy yozma adabiy til me’yorlarining shakllanishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda asarlarida turkiy tilning, jumladan chig‘atoy yozma tilining badiiy va ilmiy imkoniyatlarini keng ochib berganligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, Alisher&amp;nbsp;Navoiyning ijodining turkiy xalqlarning keyingi yozma adabiyoti rivojiga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi.&amp;nbsp;Tadqiqot natijasida Alisher Navoiyning adabiy merosi beqiyos ilmiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlanib, uning asarlari bugungi kunda turkiy tillar tarixi, yozma adabiy tilning rivoji va lingvistik jarayonlarni o‘rganishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilishi qayd etildi.&amp;nbsp;</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2026-02-20</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Conferences</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>