relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/482/ title: IJTIMOIY TABAQALANISH VA DEKOMMODIFIKATSIYA, ESPING-ANDERSEN YONDASHUVINING NAZARIY TAHLILI creator: Ikromjonovich, Suxrob Ochilov description: Mazkur maqolada ijtimoiy davlat nazariyasining yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lgan Gøsta Esping-Andersenning yondashuvi asosida ijtimoiy tabaqalanish va dekommodifikatsiya tushunchalarining nazariy tahlili keltiriladi. Muallif Esping-Andersen tomonidan ilgari surilgan farovonlik davlatining uch modeli (liberal, konservativ-korporativ va sotsial-demokratik) doirasida fuqarolarning bozor mexanizmlariga qanchalik bog‘liqligi, davlat tomonidan ta’minlanadigan ijtimoiy himoya darajasi hamda bu omillarning ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga ta’siri tahlil etiladi. Maqolada shuningdek, dekommodifikatsiya jarayoni – ya’ni insonlarning yashash vositalari bozorga to‘liq bog‘liq bo‘lmasdan, davlat tomonidan kafolatlangan huquqlar orqali ta’minlanishi – ijtimoiy tenglikni ta’minlashdagi markaziy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy davlat siyosatini shakllantirishda Esping-Andersen yondashuvining amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan. publisher: Academic Book date: 2025-07-21 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Ikromjonovich, Suxrob Ochilov (2025) IJTIMOIY TABAQALANISH VA DEKOMMODIFIKATSIYA, ESPING-ANDERSEN YONDASHUVINING NAZARIY TAHLILI. International innovation and researches; Vol. 2 No. 5 (2025): International innovation and researches; 15-20. relation: https://academicsbook.com/index.php/iir/article/view/2813