%T 1-KURS TALABALARIDA O‘QUV JARAYONIGA MOSLASHISHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI %X 1-kurs talabalarining o‘quv jarayoniga moslashishi bilan bog‘liq psixofiziologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish natijalari keltirilgan. Bunda ko‘rish xotirasi, diqqat hamda ko‘ruv-motor reaksiya tezligi o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, o‘quv jarayoni mobaynida talabalarda xotira yaxshilanib boradi, diqqatning ko‘chiruvchanligi ortadi, ko‘ruvmotor reaksiya esa sessiyadan keyin pasayadi. Xuddi shunga o‘xshash natijalar qizlarda ham, o‘g‘il bolalarda ham kuzatildi. Aksariyat ko‘rsatkichlar qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqoriroq darajada ekani aniqlandi. Aytish mumkinki, yuqoridagi o‘zgarishlar tekshiriluvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan adaptatsiyalanishga imkon beradi. Adaptatsiya jarayonining meyorida borishi esa ta’lim samaradorligini oshirishda, charchashning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.  %I Conferences %A Xurramova Sevara Ilxom qizi %A Dustov Karim Turayevich %D 2025 %K o‘quv jarayoni; kognitiv funksiyalar; ko‘ruv-motor reaksiya; obrazli ko‘ruv xotirasi; raqamli ko‘ruv xotirasi; diqqat; aqliy faoliyat,; talaba. %L arxiv4782 %J Conferences; Vol. 1 No. 7 (2025): «TÚSLIK ARALBOYÍ TÁBIYIY RESURSLARÍNAN ÚNEMLI PAYDALANÍW» XII RESPUBLIKALÍQ ILIMIY-ÁMELIY KONFERENCIYA; 307-310