%0 Journal Article %A Ilhomjon Boltayevich, Shukurova %A Behruz Qobil o‘g‘li, Husenov %D 2025 %F arxiv:4766 %I Conferences %J Conferences; Vol. 1 No. 7 (2025): «TÚSLIK ARALBOYÍ TÁBIYIY RESURSLARÍNAN ÚNEMLI PAYDALANÍW» XII RESPUBLIKALÍQ ILIMIY-ÁMELIY KONFERENCIYA; 258-260 %K O‘tkir koronar sindrom; endotelial disfunktsiya; E-selektin; ICAM-1; IL-6; biomarker; yallig‘lanish %T ENDOTELIAL DISFUNKTSIYA MARKERLARINING O‘TKIR KORONAR SINDROM BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDAGI DIAGNOSTIK AHAMIYATI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/4766/ %X Ushbu tezis o‘tkir koronar sindrom (O‘KS) bilan og‘rigan bemorlarda endotelial faollashuv va endotelial disfunktsiya markerlarining klinik ahamiyatini baholashga qaratilgan. Tadqiqotda 24–50 yoshdagi 62 nafar erkak bemor ishtirok etgan. sE-selectin, sICAM-1, IL-6, C-reaktiv oqsil, annneksin V, gomosistein va deskvamatsiyalangan endotelial hujayralar miqdori o‘lchandi. Natijalarga ko‘ra, O‘KS bemorlarida barcha ko‘rsatkichlar nazorat guruhiga nisbatan sezilarli oshgan. Xususan, sE-selectin 28 %, IL-6 2,2 barobar, C-reaktiv oqsil 5 barobar oshdi. Endotelial disfunktsiya markerlarining keskin ko‘tarilishi Erta endotelial shikastlanish va yallig‘lanish jarayonlari O‘KS patogenezining asosiy bosqichi ekanini ko‘rsatadi. Tezisda ushbu biomarkerlarning diagnostik va prognostik ahamiyati yoritilgan.