relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/4594/ title: “FIRDAVS UL-IQBOL” ASARIDA OGAHIYNING FORSIY VA ARABIY SO‘ZLARDAN FOYDALANISH MAHORATI creator: Alfiya Zikir qizi, Botirova description:  Ushbu maqolada XIX asrning yirik tarixnavis shoiri va nasr ustasi Muhammad Rizo Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarida forsiy va arabiy so‘zlardan foydalanish mahorati tahlil qilingan. Asarda qo‘llangan forsiy va arabiy so‘zlarning grammatik, semantik hamda uslubiy xususiyatlari o‘rganilib, ular muallifning badiiy ifoda uslubini boyitishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot davomida Ogahiy o‘z davrining adabiy an’analariga sodiq holda, fors va arab tillaridan kirib kelgan so‘zlarni nafaqat tarixiy voqealarni tasvirlashda, balki badiiy-estetik ta’sirni kuchaytirish, matnga ohangdorlik va tantanavorlik baxsh etishda mahorat bilan qo‘llaganligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada shuningdek, “Firdavs ul-iqbol”dagi arabcha diniy-atvorli so‘zlar va forscha saroy-idoraviy, ma’naviy-axloqiy terminlarning uslubiy vazifasi ham tahlil etiladi..  publisher: Conferences date: 2025-10-20 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Alfiya Zikir qizi, Botirova (2025) “FIRDAVS UL-IQBOL” ASARIDA OGAHIYNING FORSIY VA ARABIY SO‘ZLARDAN FOYDALANISH MAHORATI. Conferences; Vol. 1 No. 2 (2025): “GLOBALLASHUV DAVRIDA TIL VA TA’LIM: NAZARIYA VA AMALIYOT”; 200-202. relation: https://xiuresearch.com/index.php/Conferences/article/view/631