%K rang konsepti; xalq og‘zaki ijodi; mifologik obraz; ramz; shomonlik marosimi; ot kulti; turkiy xalqlar %J Conferences; Vol. 1 No. 2 (2025): “GLOBALLASHUV DAVRIDA TIL VA
TA’LIM: NAZARIYA VA AMALIYOT”; 141-145 %T O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODI VA MIFOLOGIK BIRLIKLARDA RANG KONSEPTINING KOGNITIV TALQINI %I Conferences %A Xoliqova Zahro Arol qizi %X Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodida rang konseptining mifologik va ramziy qatlamlari tahlil qilinadi. Ranglar – oq, qora, ko‘k, qizil, sariq, yashil – nafaqat estetik vosita, balki qadimiy e’tiqod va dunyoqarashlarning timsoli sifatida ham talqin qilinadi. Xalqertaklari va dostonlarida uchraydigan oq ot, oq soqol, qora kun, sariq soch, malla chopon kabi obrazlar orqali ajdodlar tafakkurida ranglarning semantik boyligi yoritiladi. Shuningdek, shomonlik marosimlaridagi qurbonliklarda hayvon rangi “ziyon yetkazgan” ruh rangi bilan bog‘lab tanlangan. Dostonlardagi sehrli parlar, homiy ruhlar, “Navro‘z chumchuq” obrazi, “o‘lik bacha” marosimi va to‘y-udumlarda oq rangning qo‘llanishi ranglarning ijtimoiy-madaniy ahamiyatini ko‘rsatadi. Turkiy xalqlarda ot kultida ham rang ramzlari markaziy o‘rin egallagan bo‘lib, “Alpomish” dostonidagi Boychibor otining ola rangi bunga yorqin misol sanaladi. %L arxiv4569 %D 2025