%0 Journal Article %A Shahboz Yunus o‘g‘li, Yusupov %D 2025 %F arxiv:4287 %I Conferences %J Conferences; Vol. 1 No. 4 (2025): “GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI: INNOVATSIYALAR, BARQAROR RIVOJLANISH VA GLOBAL HAMKORLIK Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya; 229-233 %K Iqtisodiy o‘sish; rivojlanish tarmoqlari; sanoat; qishloq xo‘jaligi; xizmatlar sektori; investitsiyalar; ta'lim va malaka; strategiyalar; innovatsiyalar; barqaror rivojlanish %T IQTISODIY O‘SISH VA RIVOJLANISH TARMOQLARI HAMDA STRATEGIYALARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/4287/ %X  Ushbu maqola iqtisodiy o‘sish va uning rivojlanish tarmoqlari hamda strategiyalarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati, uning mamlakatning turmush darajasini yaxshilash, ish o‘rinlarini yaratish va global raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli o‘rganilgan. Maqolada iqtisodiy o‘sishning turli tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sektori va texnologiyalar – o‘zaro bog‘langanligi va har birining o‘ziga xos ahamiyati va o‘sishga qo‘shgan hissalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, rivojlanish tarmoqlarining integratsiyasi va modernizatsiyasi iqtisodiy o‘sishning samaradorligini oshirishda qanday rol o‘ynashini tahlil etadi.Iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan strategiyalar ham alohida e'tibor qaratilgan. Investitsiyalarni rag‘batlantirish, ta'lim tizimi va kadrlar malakasini oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, shuningdek, tashqi savdoni rivojlantirish kabi strategiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu strategiyalar iqtisodiy o‘sishni nafaqat qisqa muddatda, balki uzoq muddatda barqaror va izchil ta'minlashga imkon beradi. Maqolada, shuningdek, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli va barqaror bo‘lishini ta'minlashda samarali siyosatlar va qarorlar qabul qilishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Maqola o‘z ichiga iqtisodiy o‘sishva rivojlanish tarmoqlari haqida keng ko‘lamli tahlillarni olib, davlatlarning o‘z iqtisodiy siyosatlarini qanday qilib o‘zgarayotgan global sharoitga moslashtirishlari zarurligini ta'kidlaydi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish va jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun muhim omildir. Maqola iqtisodiy o‘sishning har bir komponentini tahlil qilish orqali, davlatlar va iqtisodchilar uchun amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.