%J Conferences; Vol. 1 No. 4 (2025): “GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI: INNOVATSIYALAR, BARQAROR RIVOJLANISH VA GLOBAL HAMKORLIK Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya; 16-24 %L arxiv4244 %T KO‘P YILLIK VA KO‘P JOYLIK EDDI KOVARIATSIYA MA’LUMOTLARINI BAHOLASHDA REL’EFNING AHAMIYATI %I Conferences %A Ravshan Eshonqulov Abdurazakovich %A Dilnoza Mamatova Navro‘zovna %A Uchqun Raximov Uktamovich %A Nurbek G‘afforov Uyg‘un o‘g‘li %D 2025 %X Eddy kovariatsiya (EC) usuli orqali olingan energiya balansi ko‘pincha to‘liq yopilmaydi. Bu holat EC asosidagi oqim ma’lumotlarini tahlil qilish va izohlashda eng muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Energiya balansining yopilishi (EBY) esa mintaqaviy hamdaglobal iqlim modellarini tasdiqlash va takomillashtirish uchun juda katta ahamiyatga ega. Agroekotizimlarda EBYdagi nomuvofiqliklarning tabiatini aniqlash maqsadida biz Germaniyaning janubi-g‘arbidagi iqlim sharoiti o‘zaro keskin farq qiluvchi ikki hudud – Kraichgau (KR) va Swabian Jura (SJ) mintaqalarida olib borilgan EC o‘lchovlarini tahlil qildik. Tadqiqotda 2010–2017 yillar oralig‘ida to‘liq jihozlangan olti EC stansiyasidan olingan ma’lumotlar foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, futprint maydoni kichiklashib, uning gomogenligi oshgani sari energiya balansi yopilishi yaxshilandi. Shuningdek, anemometrning orqa tomoni bo‘yicha kelayotgan oqimning buzilishi ma’lum shamol yo‘nalishlarida EBYni salbiy tomonga o‘zgartirgan.