<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>“XAMSA” BERGAN HAYRAT HAQIDA (SIROJIDDIN SAYYID IJODI MISOLIDA)</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Tirkasheva</mods:namePart><mods:namePart type="family">Sobira</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Sirojiddin Sayyid – zamonaviy o‘zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri bo‘lib, uning ijodida Alisher Navoiy anʼanalarining yangi talqinlari o‘z ifodasini topgan. Shoir mumtoz adabiyot ruhi va tamoyillarini zamonaviy she’riyatga moslashtirib, uni yangi mazmun va badiiy ifoda vositalari bilan boyitgan. U Navoiyning ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish bilan birga, uni o‘z asarlarida poetik shakl va g‘oya jihatdan yangicha talqin etadi. Sirojiddin Sayyidning g‘azal va she’riy asarlarida Navoiyga xos badiiy obrazlar, falsafiy mushohadalar va mumtoz lirik an’analari davom ettirilgan. Ayniqsa, ishq, komil inson g‘oyasi va ma’naviy poklik kabi mavzular shoir ijodida alohida o‘rin egallaydi. Biroq u bu qadriyatlarni faqat takrorlamay, balki bugungi davr nuqtayi nazaridan yondashib, yangi zamonaviy ruh va uslubda aks ettiradi. Maqolada Sirojiddin Sayyid ijodining Navoiy merosi bilan bog‘liqligi, shuningdek, uning yangicha badiiy uslub va ifoda vositalari orqali qanday rivojlantirilgani tahlil etiladi. Shoir mumtoz anʼanalarni saqlab qolgan holda, ularni bugungi o‘zbek she’riyatining yangi bosqichiga olib chiqishda muhim rol o‘ynaganligi asoslanadi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-05-06</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Conferences</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>