%0 Journal Article %A Dilnoza Baxtiyor qizi, Saidova %D 2025 %F arxiv:4126 %I Conferences %J Conferences; Vol. 1 No. 1 (2025): International scientific and theoretical conference on "Current issues of literary and linguistic study of the heritage of Alisher Navoi and Zahiriddin Muhammad Babur"; 330-335 %K Alisher Navoiy; Zahiriddin Muhammad Bobur; , tarbiya, bolalar adabiyoti; axloqiy qadriyatlar, milliy meros; didaktik yondashuv, interaktiv platformalar; halollik, sabr-matonat, vatanparvarlik. %T ALISHER NAVOIY VA BOBUR ASARLARIDA TARBIYA G‘OYALARI HAMDA ULARNING BOLALAR ADABIYOTIGA TAʼSIRI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/4126/ %X Ushbu maqola Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining tarbiyaviy ahamiyatini va ularning zamonaviy bolalar adabiyotiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda Navoiy va Bobur asarlarida ilgari surilgan axloqiy qadriyatlar, masalan, halollik, adolat, ilmga muhabbat, mehnatsevarlik, sabr-matonat va boshqa ijobiy fazilatlar chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, ushbu qadriyatlarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati, ularning zamonaviy bolalar adabiyotida qanday ifodalanganligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tarixiy-tahliliy, qiyosiy va kontekstual metodlardan foydalanilgan. Navoiy va Bobur asarlaridagi axloqiy g‘oyalarni bolalar uchun mos tarzda taqdim etishning innovatsion usullari, masalan, qisqa hikoyalar yaratish, interaktiv platformalar va mobil ilovalar orqali tarbiya g‘oyalarini singdirish, shuningdek, milliy qadriyatlarni bolalar tarbiyasida tatbiq etishda yangi didaktik yondashuvlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, Navoiy va Bobur merosining bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ta’kidlash va milliy-ma’naviy qadriyatlarni bolalar adabiyotiga qo‘shish bo‘yicha amaliy va nazariy tavsiyalarni taqdim etadi.