%0 Journal Article %A Rajabova, Oyqiz %D 2026 %F arxiv:3912 %I Innovation and development %J Innovation and development; Vol. 4 No. 5 (2026): “INNOVATSIYA VA TARAQQIYOT” ilmiy-metodik, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy jurnal; 53-58 %K Abdurauf Fitrat, jadidchilik, fitratshunoslik, turk olimlari, Istanbul muhiti, modernizm, milliy uyg‘onish, turkchilik, ilmiy tadqiqotlar, adabiy meros. %T ABDURAUF FITRAT IJODINING TURK OLIMLARI TOMONIDAN O‘RGALISHI VA TADQIQ ETILISHI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/3912/ %X Ushbu maqolada Abdurauf  Fitrat ijodi va uning ilmiy-adabiy merosining turk olimlari tomonidan o‘rganilishi hamda tadqiq etilishi masalalari keng va tizimli tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda Fitratning jadidchilik harakatidagi o‘rni, uning milliy uyg‘onish g‘oyalarini shakllantirishdagi faoliyati, shuningdek, adabiy, publitsistik va ilmiy qarashlarining evolyutsiyasi yoritiladi. Fitrat ijodining shakllanishida Istanbul ilmiy-madaniy muhiti, turkchilik va islohotchilik g‘oyalari muhim rol o‘ynagani asoslab beriladi. Maqolada Ibrahim Yarkin, Fatma Achik, Yusuf Avji, Temur Kojaog‘lu va Samet Ali Yildiz kabi turk olimlarining Fitratshunoslik rivojiga qo‘shgan ilmiy hissasi alohida tahlil qilinadi. Ularning tadqiqotlarida Fitrat ijodi ijtimoiy-siyosiy tafakkur, modernistik adabiyot va milliy uyg‘onish jarayonining muhim manbai sifatida baholanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, Fitrat asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy muammolar, ma’rifatparvarlik, diniy islohot va mustamlakachilikka qarshi kurash g‘oyalari qanday ifodalangani ochib beriladi. Muallif  Fitratni Sharq va G‘arb adabiy tafakkurini uyg‘unlashtirgan yirik mutafakkir sifatida baholab, uning ijodi xalqaro ilmiy maydonda ham dolzarb tadqiqot ob’ekti ekanini ta’kidlaydi. Maqola Fitrat merosining zamonaviy fitratshunoslikdagi o‘rnini aniqlash va uning global ilmiy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.