%K marosim, urf-odat, beshik to‘yi, chilla, etnografiya, an’ana, Xorazm vohasi. %J Innovation and development; Vol. 4 No. 4 (2026): “INNOVATSIYA VA TARAQQIYOT” ilmiy-metodik, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy jurnal; 224-228 %T FARZAND TUG‘ILISHI BILAN BOG‘LIQ MAROSIMLARNING ETNOGRAFIK TADQIQI : (BESHIK TO‘YI MISOLIDA) %I Innovation and development %A Otaboyeva Ro‘za Qahramon qizi %X Mazkur maqolada o‘zbek xalqining farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlari, xususan, beshik to‘yi urf-odatlari etnografik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda marosimlarning tarixiy ildizlari, ularning ijtimoiy va madaniy funksiyalari, shuningdek, Xorazm vohasiga xos xususiyatlari yoritilgan. Beshik to‘yi nafaqat oilaviy quvonch ifodasi, balki avlodlar davomiyligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy institut sifatida baholanadi. Maqolada tug‘ilishdan boshlab chilla davri, ism qo‘yish, beshikka belash, himoya va magik tasavvurlar bilan bog‘liq urf-odatlar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy marosimlarning zamonaviy jamiyatdagi transformatsiyasi ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur marosimlar xalqning etnomadaniy xotirasini saqlashda muhim omil hisoblanadi. %L arxiv3832 %D 2026