%T ILK O’RTA ASRLARDA SO‘G‘DIYONA DAVLATINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI %X Maqolada SoÊ»gÊ»diyona davlatining geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari va hududiy chegaralari keng yoritilgan. Unda Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining iqlimiy hamda geologik xususiyatlari, unumdor tuproqlari va sugÊ»orma dehqonchilik uchun yaratilgan imkoniyatlari tahlil qilingan. SoÊ»gÊ»diyonaning markazi hisoblangan Marokanda (hozirgi Samarqand) hamda boshqa yirik shaharlarning shakllanishida tabiiy-geografik omillarning oÊ»rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada SoÊ»gÊ»diyonaning shimolda Sirdaryo bo‘ylari, janubda Baqtriya, gÊ»arbda Xorazm va Buxoro, sharqda FargÊ»ona vodiysi bilan chegaradosh boÊ»lganligi ilmiy manbalar asosida tasvirlangan. Bu hudud Buyuk Ipak yoÊ»lining muhim chorrahasida joylashgani sababli savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarning markaziga aylangan. Qulay geografik sharoit SoÊ»gÊ»diyona shaharlarining tez rivojlanishiga, hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksalishiga asos bo‘lgan.  %I Conferences %A Xayrullayrva Dilnoza Narzullayevna %A Ibragimova Manzura Maxmasiddiq qizi %D 2025 %K Eron; Xorazm; S.P.Tolstov; Aria; Ak; Zarafshon; Naxshab; Narshaxiy; Kesh; Yunon; Ahamoniylar; O‘rta Osiyo; Al-Muqaddasiy; Jayhoniy %L arxiv3457 %J Conferences; Vol. 1 No. 8 (2025): FILOLOGIK TADQIQOTLAR TARAQQIYOTI VA TAʼLIM MUAMMOLARI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ; 992-996