%K Zufunun; Muhammad Hanafiyya; Eski o‘zbek tili; Oʻzbek tili; Yangi uygʻur tili %J Conferences; Vol. 1 No. 8 (2025): FILOLOGIK TADQIQOTLAR TARAQQIYOTI VA TAʼLIM MUAMMOLARI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ; 237-243 %T JANGNOMAYI ZUFUNUN” ASARINING TILSHUNOSLIK TAHLILI GRAMMATICAL ANALYSIS OF THE WORK DJANGNOMAYI ZUFUNUN %I Conferences %A Xudoyqulov Rahmon %X XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston hududidagi asarlar bir tomondan eski o‘zbek tilining xususiyatlarini namoyon qilsa, boshqa tomondan esa, zamonaviy turkiy lahjalarga oʻtish davri til xususiyatlarini koʻrsatadi. Tezis ishimizning mavzusi boʻlgan “Jangnomayi Zufunun” nomli asar ham aynan shu davr ijod namunalaridan boʻlib, u 1911-yilda yozilgani qayd etilgan (95/16) va Mulla Sayyid Xoʻja Eshon tashabbusi bilan Kogon (Buxoro) bosmaxonasida Arab alifbosida nashr qilingan. Asarning nomi 2-sahifada “Qissayi Zufunun” deb berilgan. 95- va soʻnggi sahifada jangnomadan tashqari ikki latifa va ikki bayt mavjud. Asar matnida voqealar Abdulloh ibn Abbos tomonidan zikr etilgani qayd etilgan. Matn tili XIX asr oxiri – XX asr boshidagi eski oʻzbek tilining soʻnggi davridan zamonaviy turkiy lahjalarga oʻtish davriga mansubdir. Matnda, shuningdek, tarixiy shaxslar, jugʻrofiy nomlar va islom madaniyatiga oid unsurlar ham oʻrin olgan. Maqolada, “Jangnomayi Zufunun” nomli ushbu asarni jamoatchilikka tanishtirish hamda asarning til xususiyatlarini ochib berish maqsad qilingan. %L arxiv3301 %D 2025