%K tashkiliy janr; siyosiy nutq; rasmiy uslub; modal birliklar; direktiv akt; pragmatik funksiya; rahbarlik ohangi; Mirziyoyev nutqlari; siyosiy diskurs %J Conferences; Vol. 1 No. 8 (2025): FILOLOGIK TADQIQOTLAR TARAQQIYOTI VA TAʼLIM MUAMMOLARI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ; 149-151 %T SIYOSIY NUTQLARDA TASHKILIY JANR XUSUSIYATLARI %I Conferences %A Ismatova Shaxnoza Axror qizi %X Ushbu maqolada siyosiy nutqlarning tashkiliy janriga xos lingvistik va pragmatik xususiyatlar tahlil qilingan. Tashkiliy janr davlat boshqaruvi, hukumat yig‘ilishlari, vazirlik hay’at majlislari va parlament sessiyalarida muhim boshqaruv vositasi sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan. Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqlari misolida rasmiy-uslubiy leksika, modal birliklar, majburiylikni ifodalovchi vositalar, hamda direktiv nutq aktlarining qo‘llanishi o‘rganilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, tashkiliy janr siyosiy diskurs tizimida muvofiqlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi va nazorat qiluvchi kommunikativ funksiyani bajaradi. Shuningdek, bu janrda rahbarlik ohangi, tanqidiy va imperativ nutq shakllari ustuvor o‘rin tutadi.  %L arxiv3281 %D 2025