relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/318/ title: BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN KREDIT-MODUL TIZIMINING SAMARADORLIK OMILLARI creator: Kushakovna, Abdurasulova Shoira description: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqot kompetensiyasini shakllantirish jarayonini kredit-modul tizimi asosida samarali tashkil etishning pedagogik omillari yoritilgan. Tadqiqot davomida ayniqsa talabalarning muloqotga tayyorgarlik darajasini oshirish, ta’lim jarayonida faol ishtirokini kuchaytirish, interfaol va refleksiv yondashuvlar orqali muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar tahlil qilingan. Shuningdek, kredit-modul tizimining modul mazmunini talabaning o‘zlashtirish sur’ati, mustaqil ta’lim faoliyati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari va kommunikativ tajribasini kengaytirishga ta’siri asoslab berilgan. Maqolada ushbu tizim orqali muloqot kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, faoliyat va shaxsiy tarkibiy qismlari uzviy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan metodik yondashuvlar va amaliy takliflar ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida samarali muloqot olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishga, kasbiy kompetensiyaning sifat jihatdan oshishiga va kommunikativ madaniyatni shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Maqola natijalari boshlang‘ich ta’limda sifatni oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik modelni yaratishda amaliy ahamiyat kasb etadi. publisher: Fan va Tadqiqot Samaralari date: 2025-12-20 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Kushakovna, Abdurasulova Shoira (2025) BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN KREDIT-MODUL TIZIMINING SAMARADORLIK OMILLARI. Fan va Tadqiqot Samaralari; Vol. 2 No. 9 (2025): Fan va Tadqiqot Samaralari; 72-77. relation: https://academicsbook.com/index.php/fts/article/view/3169