relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/3086/ title: CHO‘L MINTAQASI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARINING EKOLOGIK-BIOLOGIK TAHLILIDA ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLAR creator: Murat Allamuratovich, Xojasov creator: Munisa Ergashevna, Saidova creator: Begzod Xolmurodovich, Begnayev creator: Ruxsora Shuxrat qizi, Umarxo‘jaeva creator: Go‘zal Baxtiyor qizi, Salimova description: Maqolada Orolbo‘yi sug‘oriladigan tuproqlarining ekologik-biologik holatini tahlil qilishga qaratilgan zamonaviy ilmiy yondashuvlar bo‘yicha materiallar keltirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, tuproqlarning ekologik-biologik holatining turli omillar ta’sirida o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha jahon miqyosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qator muhim ilmiy yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Shunga qaramay, Orolbo‘yi hududida tarqalgan sho‘rlangan tuproqlarning ekologik-biologik holatini zamonaviy yondashuvlar asosidadiagnostika qilish orqali hudud yerlaridan samarali foydalanish borasida ilmiy izlanishlar yetarlicha amalga oshirilmaganligi ta’kidlab o‘tilgan. Shu bois, turli darajada sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning ekologik-biologik holatini tahlil qilish maqsadida biodiagnostika usullaridan foydalanilgan. Natijalar tuproq biologik faolligining integral ko‘rsatkichidan hududdagi tuproqlarning tashqi ta’sirlarga munosabatini, shuningdek, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashda keng qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatgan.  publisher: Conferences date: 2025-11-07 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Murat Allamuratovich, Xojasov and Munisa Ergashevna, Saidova and Begzod Xolmurodovich, Begnayev and Ruxsora Shuxrat qizi, Umarxo‘jaeva and Go‘zal Baxtiyor qizi, Salimova (2025) CHO‘L MINTAQASI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARINING EKOLOGIK-BIOLOGIK TAHLILIDA ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLAR. Conferences; Vol. 1 No. 4 (2025): “OROL BO‘YI SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARI SELEKSIYASI, URUG‘CHILIGI VA AGROTEXNOLOGIYALARIDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI”; 379-383. relation: https://adabiyotxazinasi.com/index.php/conf/article/view/458