%0 Journal Article %A Avazov Hakimovich, Normurod %D 2025 %F arxiv:2899 %I Conferences %J Conferences; Vol. 1 No. 2 (2025): TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR; 258-262 %K asl nusxa, meros, drama, milliy, maqsad; tabdil, teatr, tahlil, manba, tadqiqotchi. %T “PADARKUSH” DRAMASI: DASTLABKI NASHRI VA TABDILLARI TAHLILI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/2899/ %X Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1911-yilda yozilib, 1913-yilda nashr  etilgan “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi”asarining asl nusxasi o‘rganilib, uning mustaqillik davrida nashr etilgan nusxa nashrlari bilan qiyoslanib,  tahlilga tortilgan. Adabiyotshunosligimizda Behbudiyni yangi o‘zbek adabiyotining tamal toshini qo‘ygan ijodkor sifatida baholanadi. Uning “Padarkush” dramasi birinchi o‘zbek fojiasi (tragediyasi) sifatida e’tirof etilgan. Ushbu dramada Turkiston zaminida xonliklar davridagi xunrezliklar, otaga nisbatan nafratning og‘ir oqibatlari, farzandning o‘z otasi qotili bo‘lishigacha borgani jonli tasvirlangan. Tadqiqotda asl nusxa bilan bir qatorda 1989-yili “Sharq yulduzi” jurnalida Sherali Turdiyev tomonidan nashr qilingan   nusxasi; 2006-yili va  2020-yildagi professor Begali Qosimov tahriri asosida chop etilgan nusxasi; 2018-yili zaxmatkash olim Sirojiddin Ahmedov tomonidan tabdil qilingan nusxalar o‘rganilgan va tahlil qilingan.