%J Conferences; Vol. 1 No. 2 (2025): TURKIY XALQLAR ADABIYOTI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR; 202-206 %L arxiv2888 %K xat motivi, xalq ertaklari, ertak syujeti, dramatik burilish, badiiy vosita %I Conferences %D 2025 %A Boltayeva Iroda Baxodir qizi %A H.Allambergenov %T O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA XAT MOTIVI : (“MALIKAYI HUSNOBOD, “MUQBIL TOSHOTAR”, “HUNARLI YIGIT” ERTAKLARI MISOLIDA) %X Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarida xat motivining badiiy va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Ertaklarda xat syujetni harakatga keltiruvchi, dramatik burilishlar yasovchi, qahramonlar o‘rtasidagi aloqani ta'minlovchi asosiy unsurlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. “Malika Husnobod”, “Muqbil Toshotar” va “Hunarli yigit” ertaklari misolida xat motivining kommunikativ, axloqiy va estetik vazifalari ochib beriladi. Xat orqali voqealar rivojlanadi, ijobiy qahramonlarning zukkoligi, sadoqati va ezgulikka intilishi yoritiladi. Shuningdek, motivning o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlarini aks ettirishdagi roli ham yoritilgan. Maqola ertak poetikasini tahlil qilishda xat motivining o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib beradi.