%0 Journal Article %A Gulsanam Maxsutovna, Norova %D 2025 %F arxiv:2847 %I Conferences %J Conferences; Vol. 1 No. 6 (2025): “O'ZBEK TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani; 186-192 %K O‘zbek tili tarixi; turkiy tillar; qadimgi yodgorliklar; o‘zbek shevalari; dialektologiya; fonetik farqlar; morfologik xususiyatlar; leksik qatlam; raqamli lingvistika; lingvistik korpus; til merosi %T O‘ZBEK TILI TARIXI VA O‘ZBEK SHEVALARINI TADQIQ ETISH MUAMMOLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/2847/ %X Mazkur maqolada o‘zbek tili tarixini va hozirgi o‘zbek shevalarini tadqiq etish masalalari keng yoritilgan. O‘zbek tilining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda turkiy tillar oilasidagi o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Xususan, qadimgi turkiy yodgorliklar – O‘rxun-Enasoy bitiklari, “Qutadg‘u bilig”, “Devon-u lug‘otit turk”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” kabi asarlar o‘zbek tili tarixini o‘rganishda manba sifatida alohida o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, o‘zbek tilining dialektal tarkibi, shevalarning fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari, ularni o‘rganishda uchraydigan ilmiy muammolar hamda zamonaviy yechimlar muhokama qilingan. Maqolada, shuningdek, raqamli lingvistika, elektron korpuslar, shevalarning audio va video materiallarini yig‘ish, tasniflash hamda global miqyosda o‘zbek tilini targ‘ib etishda shevashunoslikning roli haqida ham fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida o‘zbek tili tarixini chuqur o‘rganish va shevalarni tizimli tahlil qilish masalasi nafaqat tilshunoslik, balki milliy madaniy merosni asrashda ham dolzarb ilmiy vazifa ekanligi asoslab beriladi.