relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/2821/ title: O‘ZBEK TILIDA KOGNITIV METAFORA, KOGNITIV METONIMIYA: O‘XSHASHLIK VA FARQLILIK creator: Karimovna XAKIMOVA, Muhayyo creator: Yarashevna RAHMATOVA, Feruza description: Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi kognitiv metafora va metonimiyada milliy tafakkurning aks etishi misollar yordamida yoritilgan. Kognitiv metafora olamni bilishning turi sifatida talqin qilingan. Kognitiv metaforaning shakllanish mexanizmi donor va qabul qiluvchi elementlar vositasida aniqlangan. Kognitiv metaforada milliy tafakkurning hal qiluvchi ta’siri ochiqlangan. Maqolada birinchi marta kognitiv metonimiya atamasi qo‘llangan, mohiyati ochiqlangan. Kognitiv metonimiyada ham til egalarining olam haqidagi tizimli bilimlari aks etishi ochiqlangan. Kognitiv metaforada abstrakt, murakkab tushunchalar konkret tushunchalarga o‘xshatiladi va ularning andozasi orqali bilish oson kechadi. Bu jarayonda metafora bilish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘xshatilish asosi esa milliy tafakkur bilan shartlangan bo‘ladi. Kognitiv metonimiyada esa abstrakt tushunchalar boshqa tushunchalar bilan aloqadorlikda osonroq anglanadi. Bunda mavhum tushunchalar konkret tushunchalar bilan o‘zaro aloqadorlik  asosida anglanadi. Kognitiv metaforada ham, kognitiv metonimiyada ham abstrakt, murakkab tushunchalarni bilishda konkret tushunchalar asos bo‘lishi kuzariladi. publisher: Conferences date: 2025-10-21 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Karimovna XAKIMOVA, Muhayyo and Yarashevna RAHMATOVA, Feruza (2025) O‘ZBEK TILIDA KOGNITIV METAFORA, KOGNITIV METONIMIYA: O‘XSHASHLIK VA FARQLILIK. Conferences; Vol. 1 No. 6 (2025): “O'ZBEK TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani; 57-61. relation: https://adabiyotxazinasi.com/index.php/conf/article/view/168