relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/2759/ title: FUTBOL MUXLISLARI NUTQINING PRAGMATIK ASPEKTLARI creator: Zafar Baxtiyorovich, Xasanov description: Zamonaviy tilshunoslikda lingvopragmatika tilning real kommunikativ vaziyatlardagi qo‘llanilishi va nutq faoliyatidagi funktsional xususiyatlarini o‘rganadi. Pragmatikaning shakllanishi Charlz Morris nomiga bog‘liq bo‘lib, uning ta'rifi tilni nafaqat ichki tizim, balki foydalanuvchilarga bog‘liq holda o‘rganish zarurligini ta'kidlaydi. Bu yondashuv "til-matn-nutq" modelidan "so‘zlovchi-matn-tinglovchi" muloqot modeliga o‘tishga olib keldi. Keyinchalik, J.Austin va J.Searl tomonidan yaratilgan nutqiy aktlar nazariyasi, nutq orqali bajariladigan amallarni aniqlashga yordam berdi. Austin tomonidan taqdim etilgan performativ nutq kontseptsiyasi tilni faqat borliqni aks ettirish vositasi sifatida emas, balki borliqni o‘zgartiruvchi vosita sifatida qarashga turtki bo‘ldi. Pragmatikaning rivojlanishida Sh. Safarov va M. Hakimovning g‘oyalari, til birliklarining pragmatik tabiatini va ularning amaliy muloqotdagi rolini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xushmuomalalik nazariyasi (Politeness Theory) va madaniyatlararo pragmatika, turli madaniyatlardagi kommunikativ strategiyalarning farqlarini o‘rganadi. Sport, xususan futbol kontekstida, ba'zi pragmatik hodisalar universal xarakter kasb etib, madaniyatlararo o‘xshashliklarni ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot zamonaviy tilshunoslikda pragmatikaning o‘rni va uning amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha yangi ko‘rinishlarni ochib beradi. publisher: Conferences date: 2025-10-12 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Zafar Baxtiyorovich, Xasanov (2025) FUTBOL MUXLISLARI NUTQINING PRAGMATIK ASPEKTLARI. Conferences; Vol. 1 No. 3 (2025): “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba”; 61-64. relation: https://adabiyotxazinasi.com/index.php/conf/article/view/105