%T O‘ZBEK FOLKLORIDA SOCH BILAN BOG‘LIQ QARASHLAR VA UNING YOR-YOR QO‘SHIQLARIDAGI IFODASI %X Ushbu maqolada soch bilan bog‘liq urf-odatlarning magik xususiyati, xususan, Yor-yor qo‘shiqlarida soch bilan bog‘liq urf-odatlar va ularni marosimlarda jonlanishi, soch kultining nafaqat marosim tarkibida balki qo‘shiq badiiy matnida alohida o‘ringa ega ekanligi haqida so‘z boradi. Yor-yor qo‘shiqlarida soch balog‘at, go‘zallik va insonni o‘zini ifoda etuvchi magik tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi. Turkiy xalqlarda qadimdan soch bilan bog‘liq alohida marosimlar, urf-odatlar, irimlar va turli ta’bular mavjud. Bu kelinni kuzatish va ovutish uchun kuylangan Yor-yor qo‘shiqlarida ham ko‘p uchraydi. %I Hamkor konferensiyalar %A Feruza ABDURAXMONOVA %D 2025 %K soch siypatar; soch o‘rar; charsilladi; chimildiq; soch kulti; magik qarashlar; qora soch; sochi-sunbul; oltin soch; kumush; go‘zallik %L arxiv2328 %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 18 (2025): “TURKIY XALQLAR FOLKLORINING QIYOSIY O‘RGANILISHI MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman; 289-298