<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>HOSHIMJON  RAZZOQOVNING  IJOD  QIRRALARI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Mohinur Abduxakimova Ahmadjon</mods:namePart><mods:namePart type="family">qizi</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Xalqimizning milliy o`zligi va ma’naviy ildizlarining asosi bo`lgan&amp;nbsp; xalq og`zaki ijodi na’munalarini o`rganish, ushbu nomoddiy madaniy merosimizni avaylash va ularning inson ma’naviy kamolotidagi o`rnini ochib berish folklorshunoslarimiz oldida turgan dolzab masalalardan biri hisoblanadi. Ana shuning uchun bu yo`lda juda ko`plab zahmatkash olimlarimizning mehnati singan.&amp;nbsp; 
Ana shunday adabiyotshunos olimlar haqida umumiy planda o’rganilgan bo’lsa-da, alohida olimlar faoliyatini o’rganish adabiyotshunoslik kun tartibida turibdi. Jumladan, adabiyotshunoslikda chuqur ilmga ega bo’lgan, nainki Respublikamiz, balki xalqaro miqyosda e’tirof qozongan olim, Hoshimjon Razzoqov ilmiy merosini maxsus o`rganish masalasi ustuvor vazifalardandir.
Shu jihatdan, Hoshimjon Razzoqov ilmiy merosining nazariy va amaliy ahamiyati hamda Andijon adabiy muhitini o`rganishdagi ilmiy yondashuv mezonlarini tahlil etish, olim yaratgan ilmiy izlanishlarning milliy adabiyotshunoslik rivojida tutgan o`rni va rolini aniqlash soha oldida turgan dolzarb masalalardandir.
Serqirra ijodkor, adabiyotshunos olim, shoir, yozuvchi, dramaturg Hoshimjon Razzoqov 1916-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tavallud topgan. Bolaligidan adabiyotga mehr berib, xalq ijodiyoti namunalarini, S.Sheroziy, A.Navoiy, Mashrab, Oybek asarlarini o’qib ulg’ayadi.
Olim o`zbek xalq dostonlarining poetikasi, variantlari va lokal xususiyatlari, dostonchilik ananalarining saqlanishi va etakchi baxshilarining badiiy mahorati, dostonlarda turkumlilik, bolalar folklorining o`ziga xos tabiati va janrlar tarkibi, mehnat qo`shiqlarining badiiyati, mifologiya va boshqa mavzularda yirik tadqiqotlarni yaratdi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-04-24</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Hamkor konferensiyalar</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>