%0 Journal Article %A qizi, Mohinur Abduxakimova Ahmadjon %D 2025 %F arxiv:2322 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 18 (2025): “TURKIY XALQLAR FOLKLORINING QIYOSIY O‘RGANILISHI MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman; 261-266 %K adabiyotshunos; olim; folklorshunos; folklor; serqirra ijodkor; dramaturg; aruz vazni %T HOSHIMJON RAZZOQOVNING IJOD QIRRALARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/2322/ %X Xalqimizning milliy o`zligi va ma’naviy ildizlarining asosi bo`lgan  xalq og`zaki ijodi na’munalarini o`rganish, ushbu nomoddiy madaniy merosimizni avaylash va ularning inson ma’naviy kamolotidagi o`rnini ochib berish folklorshunoslarimiz oldida turgan dolzab masalalardan biri hisoblanadi. Ana shuning uchun bu yo`lda juda ko`plab zahmatkash olimlarimizning mehnati singan.  Ana shunday adabiyotshunos olimlar haqida umumiy planda o’rganilgan bo’lsa-da, alohida olimlar faoliyatini o’rganish adabiyotshunoslik kun tartibida turibdi. Jumladan, adabiyotshunoslikda chuqur ilmga ega bo’lgan, nainki Respublikamiz, balki xalqaro miqyosda e’tirof qozongan olim, Hoshimjon Razzoqov ilmiy merosini maxsus o`rganish masalasi ustuvor vazifalardandir. Shu jihatdan, Hoshimjon Razzoqov ilmiy merosining nazariy va amaliy ahamiyati hamda Andijon adabiy muhitini o`rganishdagi ilmiy yondashuv mezonlarini tahlil etish, olim yaratgan ilmiy izlanishlarning milliy adabiyotshunoslik rivojida tutgan o`rni va rolini aniqlash soha oldida turgan dolzarb masalalardandir. Serqirra ijodkor, adabiyotshunos olim, shoir, yozuvchi, dramaturg Hoshimjon Razzoqov 1916-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tavallud topgan. Bolaligidan adabiyotga mehr berib, xalq ijodiyoti namunalarini, S.Sheroziy, A.Navoiy, Mashrab, Oybek asarlarini o’qib ulg’ayadi. Olim o`zbek xalq dostonlarining poetikasi, variantlari va lokal xususiyatlari, dostonchilik ananalarining saqlanishi va etakchi baxshilarining badiiy mahorati, dostonlarda turkumlilik, bolalar folklorining o`ziga xos tabiati va janrlar tarkibi, mehnat qo`shiqlarining badiiyati, mifologiya va boshqa mavzularda yirik tadqiqotlarni yaratdi.