relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/231/ title: “GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI” DOSTONIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI creator: Dildora Abduvalikovna, Noraliyeva description: Barqaror birikmalar xalq tajribasi, uzoq yillik muloqot tarixi natijasida vujudga keladi. Bunday birikmalar leksemalar singari inson xotirasida tayyor holda saqlanadi. Barqaror birikmalar tilshunoslikda paremiologik birliklar deb ham yuritiladi. “Nutqqa tayyor holda kiritiluvchi, nutqdan avval xalq leksikasida mavjud bo‘lgan, ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror bog‘lanishidan tashkil topgan bunday birikmalar mustahkam birikmalar deb ataladi”. Barqaror birikmalarni o‘rganish til tizimi haqida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Muloqot qilish jarayonida barqaror birikmalarning mazmunini to‘g‘ri anglamaslik kommunikatsiya samaradorligini pasaytiradi. Barqaror birikmalar xalqning lingvokulturologik boyligi, estetik dunyoqarashi va tarixiy tajribasining muhim mahsuli sifatida ko‘rinadi. Ular uzoq yillar davomida, xalqning madaniy, ijtimoiy va ma’naviy hayotidagi tajribalar asosida shakllanib, o‘ziga xos til va madaniyat ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu birikmalar xalqning o‘tmishdagi hayot tarzi, qadimiy urf-odatlari va dunyo haqidagi tasavvurlarini aks ettirib, tilning boyligi va o‘ziga xosligini ta’minlaydi.     publisher: Fan va Tadqiqot Samaralari date: 2025-09-13 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Dildora Abduvalikovna, Noraliyeva (2025) “GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI” DOSTONIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI. Fan va Tadqiqot Samaralari; Vol. 2 No. 6 (2025): Fan va Tadqiqot Samaralari; 30-32. relation: https://academicsbook.com/index.php/fts/article/view/3059