%T QO`LYOZMA DOSTONLAR VA BAXSHICHILIK AN’ANASI %X   Ma’lumki, XVIII-XIX asr baxshilarining aksariyati savodli bo‘lgani holda ayrimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish (ya’ni, sulh) orqali dostonlarni o‘rganib keyin doston kuylashga o‘tganlar. Bu jarayonda yosh baxshiga xalqona va baxshiyona uslubda yaratilgan Maxtimquli she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar o‘rgatilgan. Bu bilan birinchidan, baxshi-hofizning musiqaviy tajribasi oshirilgan bo‘lsa, ikkinchidan, xalqning talabi qondirilgan. CHunki, o‘zbek, turkman va qoraqalpoq xalqlarining to‘yu-tomoshalarda albatta dastlab Maxtimqulidan qo‘shiqlar talab qilinadi. Hattoki, ayrim hollarda, Maxtimqulidan aytilmasa baxshi-hofizga jiddiyroq tanbeh berishgan. %I Hamkor konferensiyalar %A San’atjon SARIYEV %D 2025 %K Maxtimqulidan; aytilmasa; baxshi; hofizga %L arxiv2306 %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 18 (2025): “TURKIY XALQLAR FOLKLORINING QIYOSIY O‘RGANILISHI MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman; 164-166