%T XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISHNING NOAN’ANAVIY SHAKLLARI %X Til o‘qitishda zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangicha yondashuv va usullar vujudga kelmoqda. Qo'llaniladigan ba’zi usullar ularning samaradorligini ko'rsatadi, boshqalari esa hech qanday natija bermaydi. Chunki bugungi kunda til o‘rganuvchilarning talablari inobatga olinmasa, til o‘rgatish jarayonida eng mukammal ishlab chiqilgan dastur yoki metodlar ham foydasiz bo‘lib qolaveradi. Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda, bizning maqolamizda tilni virtuallikka asoslangan o'qitish usullari muhokama qilinadi. Zero, zamonamiz odamlari ilg‘or texnologiya va virtuallikka asoslangan turmush tarziga o‘rganib qolgan. Shuning uchun maqolada har bir yaratilgan dastur va metodlarni bugungi kun talablaridan kelib chiqib ishlab chiqish kerakligi haqida tavsiyalar berilgan. %I Hamkor konferensiyalar %A Xodjayeva Mavluda Chori qizi, %D 2025 %K virtuallik; subtitrlar; kompyuter o'yinlari; onlayn do'stlik; ijtimoiy tarmoqlar; frazeologik birliklar %L arxiv2179 %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 15 (2025): “O‘ZBEK FILOLOGIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI ; 177-182