%0 Journal Article %A Rustamovna,, Mirxanova Gulandom %D 2025 %F arxiv:2061 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 15 (2025): “O‘ZBEK FILOLOGIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI ; 20-22 %K termin; konsept; kognitiv yondashuv; konseptual yondashuv; semantik element %T KONSEPTUAL YONDASHUV ASOSIDA TERMIN TIZIMINI SHAKLLANTIRISH %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/2061/ %X Zamonaviy terminologiya fani doirasida termin tizimlarini shakllantirish va ularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash jarayoni tobora murakkablashib bormoqda. Maqolada terminlarga konseptual yondashuvning mohiyati, uning lingvistik va kognitiv mezonlari hamda ilmiy izlanishlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Konseptual yondashuv – til birliklarining semantik va strukturaviy xususiyatlarini aniqlashda asosiy metodologik vosita bo‘lib, termin tizimlarini yaxlit va izchil shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Shunga ko‘ra, maqolada konseptual yondashuv doirasida terminlarning shakllanish qonuniyatlari, ularning semantik paradigmalari masalalari o‘rganiladi, terminlarning konseptual modellar asosida tahlil qilinishi, ularning pragmatik va funksional jihatlari, shuningdek, fanlararo integratsiyadagi roli yoritiladi. Ayniqsa, kognitiv lingvistika, terminologiya va konseptual semantika o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqilib, yangi termin tizimlarini shakllantirish jarayonida konseptual asoslarning zarurligi asoslanadi, maqolada lingvistik makon va madaniy kontekst faktorlari hisobga olingan holda terminlarning milliy va universal xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Natijada, terminlarni shakllantirishda konseptual yondashuvdan foydalanish ilmiy-texnik, huquqiy va gumanitar sohalarda terminlarning aniqligini oshirish, ularning umumiy tizimga muvofiqligini ta’minlash imkonini berishi ko‘rsatiladi.