<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>ENHANCING WRITING SKILLS OF UNIVERSITY STUDENTS</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Nargiza Gopurova</mods:namePart><mods:namePart type="family">Avazbekovna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Yozish-bu akademik muvaffaqiyat va kasbiy rivojlanishda muhim rol o‘ynaydigan asosiy ko‘nikmalardan biridir. Universitet talabalari uchun yozish o‘z fikrlarini aniq va samarali ifodalash hamda rasmiy hujjatlarga oid muammolarni hal qilish va ushbu sohada yangi tushunchalarni o‘zlashtirish uchun juda muhimdir. Yozish, shuningdek, savodxonlikning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va yangi g‘oyalarni izlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Yaxshi paragraflar nafaqat o‘quvchilarga matn mazmunini to‘liq tushunish va ma’lum sohadagi bilimlarini oshirishga yordam beradi, balki yozuvchiga ham o‘z fikrlarini tartibga solish, ma’lumotlarni tahlil qilish va mantiqiy argumentlarni shakllantirishga undaydi. Yaxshi yozilgan maqola talabalarni o‘zlariga nisbatan ishonchini oshirishga, mantiqiy yozishga, yuqori baholar olishga va muayyan sohalardagi bilimlarini chuqur aks ettirishga yordam beradi. Yozish – bu yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi aloqa turi bo‘lib, u hamkorlik, ma’lumot almashish va o‘zaro muloqotni ta’minlaydi. Shunday ekan, yozish, ayniqsa, oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun juda muhim, chunki ular kelajakda davlat boshqaruvidagi turli sohalarning yetakchilariga aylanishadi. Ushbu maqolada universitet talabalari uchun yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid turli strategiyalar va yondashuvlar, shuningdek, ushbu sohadagi so‘nggi tadqiqotlar va eng yaxshi amaliyotlar tahlil qilinadi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-04-12</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Hamkor konferensiyalar</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>