%T INGLIZ TILIDA YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA WIKI-TEXNOLOGIYASINING O‘RNI %X Ushbu maqolada ingliz tili ta'limida wiki-texnologiyalarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishdagi o'rni va ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta'lim sharoitida wiki-platformalar talabalarning hamkorlikda ishlash, matnlarni tahrirlash va tuzatish imkoniyatlarini kengaytirishi, shuningdek, o'quv jarayoniga qiziqishini oshirishi tadqiq etilgan. Wiki-texnologiyalar nafaqat ma'lumotlarni to'plash va saqlash vositasi, balki o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish, hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish va ijodiy fikrlashni rag'batlantirish uchun samarali vosita sifatida tahlil qilingan. Maqolada wiki-texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari, ularni amaliyotda qo'llash imkoniyatlari va ta'lim jarayoniga ta'siri ochib berilgan. %I Hamkor konferensiyalar %A Kushiyeva Nodira Xabibjanovna %A Nuriddinova Madina Raim qizi %D 2025 %K wiki-texnologiyalar; yozma nutq kompetensiyasi; hamkorlikda o'rganish; ingliz tili o'qitish; elektron ta'lim muhiti %L arxiv1871 %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 14 (2025): XORIJIY TILLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: NAZARIYANING AMALIYOTGA TATBIQI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani; 323-326