relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/1670/ title: OʻZBEK TILIDA SOʻZ TURKUMLARI TRANSPOZITSIYASI creator: Ruzikulovna, Jumayеva Fеruza description: ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida so‘zturkumlarini oʻrganish tarixi tahlil qilinadi, turli til sathlarida koʻchish masalasi koʻrib chiqiladi, so‘zturkumlari koʻchishining turli jihatlarini oʻrganishga bagʻishlangan ishlar tahlil qilinadi. Ayrim olimlar so‘zturkumlari o‘timliligini o‘zaro bog’liq hodisa sifatida izohlaydilar. Transpozitsiya hodisasi umumiy nazariy jihatdan qanchalik xilma-xil talqin qilinmasin, uni oʻziga xos xususiyat, oʻrganish obʼyekti va oʻz muammolariga ega boʻlgan mustaqil lingvistik hodisa sifatida koʻrish maqsadga muvofiqdir. Tilshunoslikda transpozitsiyani o‘rganish ancha faol olib bjrilmoqda. Turli so‘z turkumlari transpozitsiyasini o‘rganishga bag’ishlangan ishlar mavjud. Ammo, rus tilshunosligida so‘z turkumlarining transpozitsiyasi va turkiyshunoslikda individual tadqiqotlar bo‘yicha adabiyotlar etarlicha bo‘lishiga qaramay, tadqiqotning barcha mumkin bo‘lgan jihatlari taqdim etilmagan. Turli tizimli tillarda: rus va oʻzbek  tillarida so‘z turkumlarining semantikasi, yasalishi, funksional-stilistik va leksikografik jihatdan qiyosiy o‘rganish tubdan yangi va dolzarb hisoblanadi. publisher: Hamkor konferensiyalar date: 2025-04-12 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Ruzikulovna, Jumayеva Fеruza (2025) OʻZBEK TILIDA SOʻZ TURKUMLARI TRANSPOZITSIYASI. Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 14 (2025): XORIJIY TILLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: NAZARIYANING AMALIYOTGA TATBIQI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani; 711-717. relation: https://academicsbook.com/index.php/konferensiya/article/view/1789