%0 Journal Article %A qizi, Raimova Charos Baxrom %D 2025 %F arxiv:158 %I Fan va Tadqiqot Samaralari %J Fan va Tadqiqot Samaralari; Vol. 2 No. 3 (2025): Fan va Tadqiqot Samaralari; 93-98 %K ferment; sintez; organik erituvchi; gidroliz; produsent; kraxmal; amilaza; ion almashinuv xromatografiyasi; affin xromatografiyasi; ligand; matritsa %T OQSIL VA FERMENTLARNI TOZALASHDA XROMATOGRAFIYA USULLARINING AHAMIYATI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/158/ %X Oqsillarning va fermentlarni tozalash, ularni bir-biridan ajratish maqsadida maxsus adsorbentlar, turli ion almashuvchilar, polisaxaridlar asosida tayyorlangan sefadekslar va ularning hosilalari, selluloza va ulapning hosilalari, anionlar va kationit ko‘rinishdagi, ba’zida kalsiy fosfat, alyuminiy gidroksid gellari va ba’zi bir fermentlar uchun affinli adsorbentlar tayyorlangan va ulardan ishlab chiqarishda hamda laboratoriya tadqiqotlarida samarali foydalanishmoqda. Fermentlarni tozalash va oqsillarni ajratish texnologiyasi qanday usulda bo‘lishiga qaramay quyidagilarga asoslanadi: ferment mahsulotini o‘z tarkibiga olgan oqsillar aralashmasi ma’qul bo‘lgan buferda eritiladi va shu erituvchi bilan muvozanatlangan kolonkaga yuboriladi. Keyin shu kolonkadan ma’lum tarkibga ega bo‘lgan bufep H+ yoki konsentratsiyasi o‘sib boruvchi gradiyent yuvish eritmasi, yoki bo‘lmasa ferment uchun maxsus bo‘lgan bog‘lovchi (ligand) yordamida kerakli oqsil (ferment) bosqichma-bosqich yuvib olinadi. Kolonkadan yuvib olingan ferment preparatlari fraksiyalar to‘plamida yig‘iladi va fermentning toza preparatini olish uchun boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi.