%0 Journal Article %A Alisher, Bobojanov %D 2024 %F arxiv:1384 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 8 (2024): IZLANISH SAMARALARI №9 mavzusidagi respublika an’anaviy ilmiy-nazariy anjumani; 725-729 %K roman; psixologik qiyofa; konflikt; xarakteristika; tipik xarakter; tugun; obraz; atribut elementlari %T “IMOM MOTURIDIY” ROMANIDA KONFLIKTNING BADIIY ESTETIK FUNKSIYASI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/1384/ %X Mazkur maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” tarixiy romani badiiy xususiyatlari va undagi konfliktning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Asarda tarixiy shaxs Imom Moturidiyning ijtimoiy-axloqiy, diniy-ma’naviy qiyofasi badiiy tasvir usullari orqali yoritilib, uning g‘oyaviy-mafkuraviy kurashi poetik talqin qilinadi. Muallif roman strukturasida dramatik ziddiyatlarni, qahramonlar o‘rtasidagi ichki va tashqi konfliktlarni tahlil qilib, syujet rivojida ularning o‘rnini ochib beradi. Xususan, asardagi asosiy konflikt Imom Moturidiy va qozi Idris Shomiy o‘rtasidagi mafkuraviy qarama-qarshilik sifatida ko‘rib chiqilib, yozuvchi tomonidan badiiy to‘qima va tuhmat motivlarining samarali qo‘llangani yoritiladi. Tadqiqot davomida adabiy nazariya nuqtai nazaridan konflikt tushunchasining badiiy asardagi roli ham izohlanadi.