%0 Journal Article %A Shukurlaevna, Yuldasheva Shaxlo %D 2024 %F arxiv:13492 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 10 (2024): RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA O‘ZBEK TILINI DAVLAT TILI VA XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISH MASALALARI: MAHALLIY VA XORIJIY TAJRIBA; 193-199 %K o‘zbek tili; raqamli texnologiyalar; raqamli taʼlim; raqamli transformatsiya; Liveworksheets; Quizziz; LearningApps %T O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA TA’LIM VOSITALARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/13492/ %X O‘zbekistonda 2018-yildan raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirish masalasi hal qilinmoqda. Konsepsiyada oliy ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalarning inson va jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga jadal tatbiq etilishi o‘zbek tilini o‘qitish metodlariga yondashuvlarni ham o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘qitish paradigmasini takomillashtirish zaruratini oshirmoqda. Maqolada ana shu zaruriyatdan kelib chiqqan holda o’zbek tilini o’qitishda ta’lim vositalarining raqamli transformatsiyasi masalasi yoritib berilgan. Unda mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlarning qiyosiy tahlili, sayt va platformalar tahlili, raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonini pedagogik kuzatish, ma’lumotlarni qayta ishlash kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari o‘quv jarayonida bakalavriat, magistratura va doktorantlarni tayyorlash tizimida o‘zbek tilini o‘qitishning muqobil dasturlarini ishlab chiqish hamda ilmiy izlanishlar olib borishda, o’quv adabiyotlarini yaratishda namuna bo‘la oladi.