%T O‘ZBEK TILINI TURKIYA UNIVERSITETLARIDA O‘QITISH TAJRIBASIDAN (Ankara universiteti misolida) %X Maqolada Turkiya Respublikasi Anqara universiteti Til va tarix-jo‘g‘rofiya fakulteti Zamonaviy turkiy tillar va adabiyoti bo‘limi Janubi-sharqiy turk shevalari va adabiyoti kafedrasida o‘zbek tilini o‘qitishning mazmuni va o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi haqida so‘z yuritilgan. Unda kafedrada o‘zbek tilini bakalavr dasturining 1-bosqichida intensiv shaklda o‘qitish bilan baravar bosqichma-bosqich o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik sathlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni turk tiliga qiyoslab oddiydan murakkabga tomon tizimli o‘rganish bo‘yicha to‘plangan tajriba va qardosh tillarni qiyoslab o‘qitish masalalari yoritib berilgan. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Shaxlo Shukurlaevna Yuldasheva %A Aynur O‘z O‘zjan %D 2024 %K o‘zbek tili; turk tili; filologik ta’lim; qardosh tillar; qiyosiy metod %L arxiv13475 %J Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 10 (2024): RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA O‘ZBEK TILINI DAVLAT TILI VA XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISH MASALALARI: MAHALLIY VA XORIJIY TAJRIBA; 109-115