%T ZUKKO TANQIDSHUNOS %X Aksariyat kishilar odamlar eʼtiborini tortishga, atrofidagilardan koʻra oʻzini aqlli, ustun ekanini koʻrsatishga ishqiboz boʻladi. Bundaylar shu bois minbarlarga talpinadi, mikrofonni boshqalarga bergisi kelmaydi, majlis-mashvarat, yigʻilishlarda oldingi qatorlarga joylashib olib, albatta, soʻz soʻrab, uzoq gapiradi va albatta, “Bu birinchi savol edi... Endi ikkinchi savol... Uchinchi savolim shundan iboratki...” deb ketma-ket savol beradi. Ular har bir yigʻinda bu qiligʻini takrorlashi boshqalarning diqqatini oshirib, ranjitishi, koʻpchilikka malol kelishini anglamaydi yoki buni bilsa ham ataylab, shunday qiladi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Abdulla Ulugʻov %D 2024 %K Ehtimol; Aksariyat; kishilar; odamlar; eʼtiborini; tortishga %L arxiv13355 %J Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 12 (2024): “OʻZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya; 54-62