%T RUS GURUHLARIDA O‘ZBEK TILINI O‘QITISH METODIKASI %X Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlarda o‘zbek tili fanini o‘qitish metodikasi haqida ma'lumotlar keltirildi. Maqolada rus tilida o‘qitiladigan guruhlarda o‘zbek tili darslarining ajralmas qismi sifatida o‘qitish metodikasining usuli bilan bog‘liq muammolar tadqiq etilgan; vujudga kelish sabablari va ularni hal qilish usullari ko‘rsatilgan. Mazkur maqolada mavzuni o‘rganishga erishilgan natijalar umumlashtirilib, akademik litseylarda o‘zbek tilini o‘rganishdagi metodika o‘rganildi. Rus guruhlarda o‘zbek tili fanini o‘rganish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Maqolada tafakkur va nutqni rivojlantiradigan, guruhlarda va hamkorlikda ishlashga, so‘z boyligini oshirishga yordam beradigan metodlar berildi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Gulyamova Shahnoza Mirgiyazovna %D 2024 %K metod, ko‘nikma; ijodiy faoliyat; DTS, Nutqiy kompetensiya; lingvistik kompetensiya; fonetika, leksika; grammatika; pedagogik mahorat; rasmli Rebus usuli; loyiha metodi. %L arxiv13343 %J Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 8 (2024): “UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI QO‘YISHDA FILOLOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI”; 361-367