%0 Journal Article %A QOSİM, Yashar %D 2025 %F arxiv:1307 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 11 (2025): ALISHER NAVOIY ADABIY VA ILMIY MEROSINI O‘RGANISH MASALALARI ; 25-35 %K Renessans; “Xamsa”; Nizomiy Ganjaviy; Alisher Navoiy; “Layli va Majnun”; “Farhod va Shirin”; Majnun; Farhod %T UYG‘ONİSH DAVRİ DAHOSİ ASARLARİDA İSHQ VA OSHİQLİKNİNG YANGİCHA TALQİNİ %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/1307/ %X Maqolada yangi o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning turkiy xalqlar, umuman, jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos xizmatlari haqida so‘z boradi. Xususan, zabardast ijodkorning “Xamsa”si nafaqat turkiy xalqlar adabiyotida, balki butun so‘z san’ati olamida yangi badiiy-falsafiy voqea bo‘ldi. A.Navoiyning “Xamsa”sida dunyo va insonning mohiyati, insonning buyukligi, ma’naviy quvvati haqida shunday yangi va ajoyib g‘oyalar ilgari surilganki, ular qariyb olti asr o‘tgan bo‘lsa ham eskirgani yo‘q, o‘z jozibasini yo‘qotgani yo‘q. Insonning tabiati va ma’naviyati, inson qalbining oliy tuyg‘usi bo‘lgan muhabbat, inson ma’naviy faoliyatining cho‘qqisi hisoblangan oshiqlik xususiyati haqida shunday muhim va hayotiy fikrlar borki, ular bizni hamon o‘ylantiradi. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida yuksak poetik uslubda ifodalangan insoniy va ilohiy ishq haqidagi badiiy-falsafiy fikrlar yuqorida aytilganlarni tasdiqlaydi. Farhod Sharq va jahon adabiyotiga zabardast ijodkor tomonidan baxsh etilgan nihoyatda yangi va betakror oshiq obrazidir. Majnun A.Navoiygacha Sharq adabiyotida juda mashhur edi. Aynan, A.Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni Majnundek mashhur oshiq darajasiga ko‘tara oldi. Maqolada yuqoridagi fikrlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning Farhod obrazlarini qiyosiy tahlil qilish orqali isbotlangan.