<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>“TARIXI ANBIYO VA HUKAMO” -  SIYARNOMA</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Nurboy</mods:namePart><mods:namePart type="family">JABBOROV</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Maqolada payg‘ambarlar, avliyolar va shu kabi ulug‘ shaxslar hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarga G‘arb adabiyotshunosligidagi kabi “agiografiya” emas, Sharq adabiyoti xususiyatidan kelib chiqib, “siyarnoma” istilohini qo‘llash zarurati ilmiy asoslangan. “Siyar” so‘zi arab tilidagi “siyrat” kalimasining ko‘plik siyg‘asi bo‘lib, “yo‘l”, “sunnat”, “hayot yo‘li”, “tarjimai hol” yoki “tartib” ma’nolarini bildirishi, Sharq mumtoz adabiyotidagi payg‘ambarlar va avliyolar hayotiga doir badiiy asarlar “siyarnoma” deyilishi maqsadga muvofiq ekani dalillangan. Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asari siyarnomaning mukammal namunasi ekani tadqiq qilingan. Shuning barobarida, ushbu siyarnoma Navoiyning “Zubdat ut-tavorix” nomli yirik tarixiy asarining bir qismi bo‘lishi mumkinligi haqidagi mavjud ilmiy qarashlar boyitilgan. 
Asarda payg‘ambarlar ikki guruhga: rasul va nabiylarga ajratilgani, nabiylar hayoti haqidagi ma’lumotlar sulolalar tartibida bayon etilgani aniqlangan. Asarning birinchi qismida Odam Atodan boshlab oltmishdan ortiq payg‘ambarlar va ular avlodlarining biografiyalari keltirilgani, ikkinchi qismida esa hakimlar zikri berilgani tadqiq qilingan.
Asarning boshqa siyarnomalardan farqi, birinchidan, Odam alayhissalomdan Jirjis alayhisalomgacha bo‘lgan payg‘ambarlar zikri kelgani bilan belgilansa, ikkinchidan, nabiylar hayoti keng va mufassal yoritilmay, eng muhim va xarakterli ma’lumotlar berilganida, uchinchidan, Muhammad alayhissalom davri voqealari ifodalanmaganida ko‘rinishi aniqlangan.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-02-04</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Hamkor konferensiyalar</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>