TY - JOUR TI - ?LISON UT-TAYR?DA MUALLIF KONSEPSIYASI TALQINI KW - fano konsepsiyasi; komil inson; obraz; ramz; kamolot bosqichlari; ma?rifat; badiiy talqin JF - Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 5 (2024): ALISHER NAVOIY ADABIY VA ILMIY MEROSINI O?RGANISH MASALALARI ; 329-336 N2 - Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ?Lison ut-tayr? dostonida muallif konsepsiyasi masalasi tahlil etilgan. Dostonning har bir komponenti ? muqaddimada ilgari surilgan irfoniy-estetik qarashlardan tortib, asosiy boblardagi talqinlargacha, ramz va obrazlarga yuklangan poetik mazmundan hikoyatlar mohiyatigacha yagona konsepsiyaga bo?ysundirilgani haqidagi fikr ilmiy dalillangan. Bundan tashqari, ?Lison ut-tayr? asari, qushlar majozi vositasida fano konsepsiyasi badiiy talqin etilgani jihatidan alohida ahamiyatga ega ekani yuzasidan yangicha ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan. Qur?oni karimda Hudhud Sabo mamlakatining ayol hukmdori va tobelarining hidoyatga, to?g?ri yo?lga kirishiga sababchi sifatida talqin etilgani, Alisher Navoiy va uning salaflari ham shuning uchun qushlarga yetakchilik uchun aynan Hudhudni tanlashgani ilmiy asoslangan. Bu hol buyuk mutafakkirning obraz tanlashda ham Qur?oni karimga tayanganidan dalolat berishi isbotlangan. Ma?rifat vodiysi tahlili misolida kamolot yo?lidagi vodiylar nomlanishi Sharq islomiy-irfoniy adabiyoti mezonlariga tayanishi haqida ilmiy qarashlar bildirilgan. Maqola so?ngida tahlil natijalaridan ilmiy-nazariy umumlashmalar chiqarilgan. A1 - Jabborov, Nurboy UR - https://uzresearchers.com/index.php/Conferences/article/view/1978 PB - ?CENTER FOR ADVANCED STUDIES? LLC Y1 - 2024/02/01/ ID - arxiv12934 AV - none ER -