%L arxiv12922 %A Nargizaxon Umarova %J Konferensiyalar | Conferences; Vol. 1 No. 5 (2024): ALISHER NAVOIY ADABIY VA ILMIY MEROSINI O‘RGANISH MASALALARI ; 255-259 %T TURKIY TILLARDA KO‘YLAK VA RO‘MOL SO‘ZLARINING ETIMONI HAMDA NAVOIY ASARLARIDA QO‘LLANILISHI %D 2024 %K etimon ma’no; variant; kategoriya; lingvokulturema; lug‘aviy ma’no; semantika; sema; etimologik lug‘at %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %X Mazkur maqolada kiyim kategoriyasi doirasida turkiy tillardagi ko‘ylak va ro‘mol lug‘aviy birliklari misolida ular bilan bog‘liq til tashuvchisi bilimlarini qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish funksiyalari tahlil qilingan. Kiyim kategoriyasi a’zolaridan ko‘ylak va ro‘mol leksik birliklari orqali olam milliy lisoniy manzarasining tarixiy-badiiy ifodalariga xos jihatlar ochib berilgan. Milliy til leksikonidagi yangi shakl va tushunchalarning paydo bo‘lishi, konseptual birliklarning uslubiy differensiatsiyasiga ko‘ra yuz bergan o‘zgarishlar, lug‘atlar hamda manbalarda ifodalangan konseptual birliklar semantik strukturasidagi farqli tomonlar yoritilgan. Ushbu maqolada ko‘ylak va ro‘mol so‘zining etimon ma’nosi, morfem strukturasi, shuningdek, kiyim kategoriyasi doirasida terlik, tarosu, o‘tug so‘zlarining tarixiy-morfemik tuzilishi, forscha ro‘mol o‘zlashmasining turkiy tillardagi variantlari (yog‘lig‘, burunchak, lachak) haqida fikr yuritilgan. Maqolada kөӊlek so‘zi ma’no jihatidan yurak, ko‘ngil, ko‘krak so‘zlari bilan bog‘lanishi hamda so‘z o‘zagining kon (teri) ekanligi, ko‘ylak so‘zining asosiga taalluqli bu kabi etimon ma’no hozirda unutilganligi ham qayd etilgan.