<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>BOLALARGA OID AYRIM MUROJAAT SO‘ZLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Nargizaxon</mods:namePart><mods:namePart type="family">Nurdinbayeva</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Ushbu maqolada bolalarga oid murojaat so‘zlarining leksik, semantik va lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilingan. Til insonlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuvni ta’minlovchi kommunikativlik vazifasiga ega. Tilning bundan tashqari atash, ta’sir etish, kumilyativ, umumlashtirish, farqlash, ma’lumot berish, tavsiflash, kodlash, chaqirish, undash va modallik kabi asosiy va qo‘shimcha vazifalari bor. Bu vazifalar bevosita muloqot jarayonlarida namoyon bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchining mutanosib va nomutanosib so‘zlashuv, modallik munosabatlarida tilning funksiyalari asosiy rolni bajaradi. Murojaat so‘zlarida ham tilning undash, chorlov, hissiy emotsionallik jihatlari aks etadi. Murojaat so‘zlarida har bir xalqning oilaviy munosabatlari, diskursiv muloqotda faol qo‘llanuvchi birliklarning ijtimoiy vaziyat bilan bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bolalarga oid murojaat birliklarida subyektiv baho, ijobiy va salbiy xususiyatlari, konnotativ ma’no bo‘rttirib tasvirlanadi. Ayniqsa, badiiy va so‘zlashuv uslubida bolalarga nisbatan chorlovni ifodalovchi emotsional-ekpressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan birliklar faol qo‘llanadi. Murojaat birliklarini ifodalagan leksemalar til egalarining ongida assotsiativ tarzda gavdalanadi. Murojaat so‘zlar, asosan, ot so‘z turkumidagi so‘zlar bilan ifodalanadi. Nutqiy muloqotda murojaat so‘zlari adresant va adresatning kasbi, lavozimi, mansabi, jinsi, ijtimoiy qatlamga mansublik darajasi, toifasi, yoshi, mavqeyini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘zbek tilida bolalarga nisbatan qo‘llangan murojaat ifodalovchi leksik birliklarda erkalash, kichraytirish, suyish kabi ma’nolari ustunlik qiladi. Badiiy matnda bolalarning xarakter xususiyatlarini, xulqatvorini murojaat so‘zlari orqali yana aniq tasvirlanadi. Murojaat so‘zlari diskursiv shaxs nutqida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, muloqot madaniyatini ko‘rsatuvchi milliy-madaniy xususiyatlarini o‘zida jamlaydi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2024-12-03</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Hamkor konferensiyalar</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>